21 oktabr - O‘zbek tili bayrami | O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat Zaxiralarini Boshqarish Qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarAloqa

O'zbekiston yangiliklari

22.10.2021

21 oktabr - O‘zbek tili bayrami

      O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi 2020-yil 10-apreldagi O‘RQ-615-son qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda qo‘mita markaziy apparatining xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekston xalqiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

   Ushbu tadbirda ma’naviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi so‘zga chiqib, ona tilimizning rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

    Bundan 32 yil muqaddam 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi mamlakatimiz mustaqilligining ilk qadamlaridan biri bo‘lishi bilan birga, o‘zbek tilining amal qilish doirasini mustahkamlaganligi, o‘zbek tilining rivojlanishi uchun zamin yaratganligi haqida so‘z yuritildi.

     Til – har bir inson uchun bebaho qadriyat, muqaddas tushunchalar majmui, dunyoni anglashning debochasi, millat mavjudligining asosi, millat hayotiyligining timsoli ekanligi to‘g‘risida fikr almashildi.

    Milliy til ham mamlakat madhiyasi, bayrog‘i, tug‘i, konstitutsiyasi qatorida turuvchi amal qilishi qonun bilan himoya qilinadigan davlat ramzlaridan biri ekanligi takidlandi.

     Tadbir so‘ngida buyuk maʼrifatparvar Аbdulla Аvloniyning «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur» so‘zlari esga olindi. Ishtirokchilar muqaddas ona tilimizni asrab-avaylab kelajak avlodga yetkazishimiz, davlat tilida ish yuritish madaniyatini oshirib, uni targ‘ib qilish masalalari xususida suhbatlashdilar.