Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi | O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat Zaxiralarini Boshqarish Qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarAloqa

O'zbekiston yangiliklari

22.04.2022

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturi juda keng. Davlat rahbari bugunning o‘zida klaster va sanoat korxonalarida, fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi. Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xo‘jaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan.