Sotib olish | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqa

Sotib olish haqida ma'lumot

20.09.2018 1317

1 toifadagi (kategoriya) mol go’shti, muzlatilganGOST 779-55 - Mahsulot sotib olish bo’yicha eng yaxhi taklifni tanlab olish

Tanlovda yuqori tajribaga ega bo’lgan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo’nalishida faoliyat olib borayotganlar ham taklif etiladi.

I.     Xarid ishchi organining manzili:

Indeks 100084, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko’chasi 17A.

Murojaat uchun ma’lumotlar: bosh mutaxassis - Turaxanov O.X., Tel/faks: (+998 71) 238-75-86

Sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz

II. Tanlov mavzusi:

Lot  №

Tanlov mavzusi

Miqdori (tn)

Maksimal sotib olish narxi

1 tonnasiga

So’m

1

1 toifadagi (kategoriya) mol go’shti, muzlatilganGOST 779-55.

2000,0 gacha

30 800 000,0

Ishtirokchilarning takliflari eng kami 100,0 tn hajmda qabul qilinadi.

III. Tanlovda ishtirok etish man etiladigan korxonalar va firmalar:

a)      qayta tashkil etish, tugatish va bankrot jarayonidagi;

b)      tuzilgan shartnomalarni munosib tarzda bajarmagan;

v) buyurtmachi bilan sud yo`ki hakamlar ishni ko`rish holatida bo`lsa;

g) imtiyozli soliq tizimini taqdim qiluvchi va/yoki moliyaviy operatsiyalar o`tkazilganda ma`lumotning fosh etilishi va taqdim qilinishi ko`zda tutilmagan davlatlarda va/yo`ki hududlarda ro`yxatdan o`tgan (offshor hudud);

d) vakolatli organ tomonidan shakllantiriluvchi insofsiz bajaruvchilarning yagona reestriga kiritilgan.

IV. Yetkazib berish shartlari: Toshkent viloyati, Oxongaron t.y. stantsiyasi, stantsiya kodi 723009, tashkilot kodi 140502 va Samarqand viloyati, Pastargom tumani, Juma sh., Tinchlik, 54, Juma t.y. stansiyasi, stansiya kodi 728106, tashkilot kodi 6242.

V. To`lo`v shartlari: topshiriladigan mahsulotning oylik miqdoridan (grafik asosida) 15% oldindan to’lov, qolgan 85% yuk qabul qiluvchining qabul qilish dalolatnomasi va topshirilgan maxsulotning sifat ekspertiza xulosasi taqdim etilgandan so`ng 10 ish kunida to’lanadi.

VI. Yetkazib berish muddati: 2018 yilning 25 dekabrgacha.

VII. Texnik shartlar ilovaga binoan.

VIII. Ishtirokchi yopiq konvertda quyidagi ma`lumotlarni taqdim etishi lozim:

- 2018 yilda 1 toifadali (kategoriya) muzlatilgan mol go’shtini, GOST 779-55 bo’yicha yetkazib berish imkoniyati, 1 tonna maxsulotning narxi, yetkazib berish xajmi (yetkazib berish grafigi), yetkazib berish shartlari to`g`risida ma`lumot;

- ishlab chiqaruvchiga vakolatli laboratoriya tomonidan berilgan sifat guvohnomasi, vakolatli organ tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati, vakolatli organ tomonidan berilgan sanitar-epedimeologik xulosa, vakolatli organ tomonidan berilgan veterinariya guvohnomasi;

- omborhonadagi mavjud xom-ashyo yo`ki tayyor maxsulotni etkazishni boshlash to`g`risida ma`lumotnoma;

- korxona davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risidagi hujjat nusxasini (guvohnoma);

- direktorning passport nusxasini;

Ohirgi davrning balans va moliyaviy natijalar bo’yicha hisobtning muxrlangan nusxasi.

Konvert yelimlab ulangan joylarda ishtirokchining muxri bilan muxirlanishi kerak. Konvertda quyidagi ma`lumotlar aks ettirilishi lozim: tanlov ishtirokchisining nomi va manzili. Agarda konvert muxirlanmagan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo`lsa, tanlovning ishchi guruhi yoqolgan va muddatdan avval ochilgan vaziyatlarda javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

IХ. Tanlov takliflarini taqdim qilishning oxirgi muddati: 28 sentabr 2018 yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.