Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tizimiga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-sonli Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining bo‘sh ish o‘rinlari, qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlari hamda kerakli ma’lumot darajasiga ega, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmaganlar va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Rezyume jo‘natish: ok@udz.uz, info@udz.uz