Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!
Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!
Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram – Navro‘zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Bu yilgi Navro‘z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg‘un holda o‘tayotgani bayramga alohida ruh, o‘zgacha fayz va quvonch bag‘ishlamoqda.
Qalblarimiz shodlikka to‘lgan shunday barokatli kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini Ramazoni sharif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini tilaymiz.
Xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog‘inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham chin dildan tabriklab, samimiy tilaklarimizni izhor etamiz.
Shunday shukuhli va ulug‘ kunlar barchamizga muborak bo‘lsin!
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga davlat qabul marosimini uyushtirdi.
Assalomu alaykum, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!
Avvalo, siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun yurtimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan, ya’ni: xotin-qizlarning huquqlari, ularning jamiyatdagi o‘rni, oilalar mustahkamligi haqida ijtimoiy rolik tayyorlandi.