“Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

O'zbekiston yangiliklari

24.08.2024

“Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 22 avgustdagi “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 137-son bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 20 avgustdagi 10-10-5-17416-sonli topshirig‘iga asosan O‘zdavzaxira tizimidagi tashkilotlarda joriy yil 24 avgust kuni “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

 

Xayriya hashari davomida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda hudud va hudud atrofi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.