Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

O'zbekiston yangiliklari

09.02.2024

Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi

Аtoqli shoir va mutafakkir, yetuk davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.

Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan. Har yili esa adib tavalludi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi. Bu yil ham Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasida keng nishonlandi. Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda adibning faoliyati va hayoti shu bilan birgalikda biz kelajak avlod uchun qoldirgan adabiy merosi haqida alohdida toʻxtalib oʻtildi. Adibning o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini (“Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) mutolaa qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday tadbirlar, kasbdoshlarimizning ma’naviy-axloqiy, qadriyatlarni e’zozlash, vatanparvarlik tuyg‘usi, o‘z tarixi, an’analari va ma’naviy qadriyatlariga hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.