O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqa

O'zbekiston yangiliklari

17.04.2023

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga og‘ir judolikka uchragani – buvisi, hurmatli Ogulabat edje Berdimuhamedova hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yaqinda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, tashqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdilar.