O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari samimiy muloqot qildi | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqa

O'zbekiston yangiliklari

21.07.2022

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari samimiy muloqot qildi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.

Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.