O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey o‘yinini tomosha qildilar | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

O'zbekiston yangiliklari

08.02.2024

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey o‘yinini tomosha qildilar

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.

Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘z ham bir necha bor muz maydoniga tushgan.

O‘zbekistonda ham sportning qishki turlari, shu jumladan xokkeyni rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. 2019-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Humo Arena» ko‘p funksiyali muz saroyi barpo qilingan edi. Toshkentning «Humo» jamoasi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, xususan, Belarusning Grodno shahri “Neman” klubi bilan bellashib kelmoqda.

Tanishuv chog‘ida Prezidentlar Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qildilar. O‘yin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 8-fevral kuniga rejalashtirilgan.