O‘ZDAVZAXIRADA AKSILKORRUPSIYA OYLIGI DOIRASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiRaqobat cheklanishi to'g'risida xabar berAloqaBo'sh ish o'rinlar

O'zbekiston yangiliklari

11.12.2024

O‘ZDAVZAXIRADA AKSILKORRUPSIYA OYLIGI DOIRASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 5-dekabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zdavzaxira raisining o‘rinbosari Oybek Maksudov qo‘mita tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarning har qanday ko‘rinishiga qat’iy chek qo‘yish olib borilayotgan izchil islohotlarning asosiy yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

O‘zdavzaxiraning tegishli mas’ullar tomonidan vazirlik tizimida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur tadbir O‘zdavzaxira tizimida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish borasida xodimlarning va qo‘mita bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan tadbirkorlik sub‘ektlari vakillarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, javobgarlikning muqarrarligini tushuntirish maqsadida profilaktika tarzida o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mavzu doirasida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.