Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqa

O'zbekiston yangiliklari

21.12.2022

Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 21-dekabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazdilar.

Shundan so‘ng Qozog‘iston yetakchisi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Qasim-Jomart Toqayev majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.