Toshkent shahridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar berildi | O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat Zaxiralarini Boshqarish Qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarAloqa

O'zbekiston yangiliklari

09.03.2020

Toshkent shahridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar berildi

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 7 марта провел совещание, посвященное обсуждению инвестиционных проектов, которые планируется реализовать в городе Ташкенте.

Poytaxtimizda 2020-2022-yillarda umumiy qiymati 9 milliard 884 million dollarlik 762 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning 122 tasi davlat dasturi, 640 tasi hududiy investitsiya dasturlari doirasidadir.

Xususan, sanoat sohasida 1 milliard 890 million dollarlik 242 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 4 milliard 966 million dollarlik 337 loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Zamonaviy turar joy qurilishi bo‘yicha 3 milliard 328 million dollarlik 183 ta ob'yekt bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda har bir tumandagi istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

«Sergeli» industrial parki» kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 350 million dollarlik, Yashnobod tumanidagi Texnoparkda umumiy qiymati 418 million dollarlik loyihalar ularning eng muhimlaridan.

Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududida tashkil qilinadigan Toshkent ishbilarmonlik markazi, «Yunusobod siti»dagi zamonaviy turar joy, ko‘ngilochar va ishbilarmonlik markazlari ham shahar rivojiga xizmat qiladi.

- Investitsiya va eksportdan maqsad - ishchi joy, qo‘shimcha daromad. Toshkentda bu borada juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti. Shuning uchun har bir tuman kesimida kichik va o‘rta korxonalarni o‘rganib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqimizga kafolatlangan daromad manbai yaratish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

2020-yilda jami 4,8 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 400 dan ortiq loyihalar foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi. Bular doirasida 32050 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yilda 710,5 million dollar miqdorida eksport qilinishi mo‘ljallangan. Shundan qariyb 674 million dollari sanoat mahsulotlari, 36,5 million dollari meva-sabzavot mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.

- Oltiariq tumani 120 million dollarlik eksport qilyapti. Toshkentdagidek sanoat ob'yektlari, kommunikatsiya ularda yo‘q. Poytaxtda zarur infratuzilma bor! Hokimlar yerto‘lani tozalash bilan shug‘ullanadigan vaqt o‘tdi. Endi tuman rahbarlari tadbirkorlikni rivojlantirib, tadbirkorlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlab, eksportiga ko‘maklashib, ular bilan manzilli ishlashi kerak. Sizlar o‘zgarmas ekansiz, vaziyat o‘zgarmaydi, - deya ta’kidladi Prezident.

Investitsiyalar jalb etib, zarurat bo‘lsa, tashqi boshqaruvga berib, sanoatning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti