“Yashil makon” umummilliy loyihasi”da “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi xodimlari faol ishtirok etishdi | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqa

O'zbekiston yangiliklari

22.11.2021

“Yashil makon” umummilliy loyihasi”da “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi xodimlari faol ishtirok etishdi

Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ko‘kalamzorlashtirish ishlarida barcha davlat organlari va tashkilotlar qatori “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi xodimlari ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan, xayrli ishlar boshlab yuborilgan.
Ma’lumki, mazkur aksiya O‘zbekistonning shimoliy hududi Nukus shahrida start olgan edi. Aksiyasining maqsadi — o‘rmonlarni kesish va iqlim o‘zgarishi ta’siriga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali qulay atrof-muhit yaratish, O‘zbekistonda daraxtlarni ko‘paytirish va o‘stirish masalalariga e’tiborni jalb qilishdan iboratdir.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik"da “O‘zdavzaxira” qo‘mitasida ham ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Har bir ekilgan nihol kelajakda ulkan daraxtga aylanib, tabiatning go‘zalligini, atmosfera havosining musaffoligini ta’minlashda muhim omil bo‘lishini inobatga olib, qo‘mita xodimlari aloxida etibor bilan qatnashdilar.

Aksiya doirasida “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi xodimlari tomonidan manzarali ko‘chatlar ekildi.

“O‘zdavzaxira” qo‘mitasi Axborot xizmati