O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qaroriga asosan
O‘zdavzaxira tizimida joriy yilning 10 dekabr kuniga qadar qо‘mita markaziy apparati va qо‘mita tassarufidagi tashkilotlar rahbar va xodimlari tashabbusi bilan biriktirilgan hududlar hamda о‘z maxallalari va yashash joylari atrofida jami 508 dona daraxt va buta kо‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilgan.
Tabiatda yashil hududlar kengaysa, yashil qalqonlar shakllantirilsa, bundan faqat foyda koʻramiz, rohatlanamiz, bashariyat kelajagi mustahkamlanadi.
Demakki, yurtimizda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat bugunimizga balki, yaqin va uzoq kelajagimizga daxldor hayotiy harakatdir.