Sotib olish | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

Sotib olish haqida ma'lumot

08.06.2022 1303

Eng yaxshi takliflarni elektron tanlash asosida baliq konservalari mahsulotini sotib olish!

Eng yaxshi takliflarni elektron tanlash (keying o‘rinlarda - Tanlov) Tanlov ishtirokchilari yuqori tajribaga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida yetkazib bera oladigan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat olib boruvchilar ham taklif etiladi.

  I. Xarid komissiyasi ishchi guruhining manzili:

Indeks 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko‘chasi 17A uy.

Ma’lumot uchun telefon raqamlar: Tel/faks: (+998 71) 238-75-86; 238-75-78

Elektron sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz

           

  II. Tанлов mavzusi:

Mahsulotlar nomi

Boshlangʼich narx QQS bilan 1 banka uchun (Som)

Miqdori bankalarda

Umumiy summasi QQS bilan (Som)

Baliq konservalari (yogda), metall bankalarda har biri 250gr. dan, GOST 7454

13 000,0

200 000,0

600 000 000,0

       Ishtirokchilarning takliflari lotning butun hajmi 200 000,0 dona fiz.bankada qabul qilinadi,

  III.  Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:

- takliflarni ta‘minlash uchun zakalat mablag‘lari to‘liq miqdorda o‘tkazilganligi;

- texnik topshiriqqa doir talablarga mos keluvchi takliflar mavjudligi;

- soliqlar va yigʼimlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;

- o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

- Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi;

- imtiyozli soliq rejimidagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda maʼlumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar yoki hududlarda (offshor hududlar) ishtirokchilar va ularning bank hisobraqamlari ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi;

- taʼsis hujjatlari va faoliyatining qonuniyligi;

- manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari mavjud emasligi;

- ishtirokchilarning joriy buyurtmachi bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning ijro etilmaganligi yoki lozim darajada ijro etilmaganligi bo‘yicha sudda ishi ko‘rilganligi.

- Ishtirokchi va uning affillangan shaxsi takliflarni tanlash bo‘yicha ayni bitta lotda ishtirok etish huquqiga ega emas.

- Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlashtirish to'g'risidagi qaror va uning sabablari xarid qilish tartib-taomillari to‘g'risidagi bayonnomada qayd etiladi va bu haqda darhol tegishli ishtirokchiga xabar qilinadi.

IV. Tanlovda qatnashish uchun garov miqdori - lotda belgilangan miqdorning narxidan
3 % miqdorda Hisob kliring palatasidagi (HKP) shaxsiy raqamga so’mda to‘lanadi.

 V. Etkazib beruvchilar uchun tovarlarni etkazib berish barcha xarajatlarni hisobga olgan holda qabul qiluvchining omboriga etkazib berilishi kerak:

Yuk qabul qiluvchi: “Magnit” DK (O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati) – Yuk qabul qiluvchi: 110302, Toshkent viloyati, Oxangaron shahri, promzona, temir yo‘l stansiyasi Oxangaron, stansiya kodi 723009, qabul qiluvchining kodi 1074 (O‘zbekiston Respublikasi).

 VI. Yetkazib berish muddati, shartnoma imzolanishdan va oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 120 kun davomida.

VII. Elektron tanlov o‘tkazishda ishtirokchilar o‘z tanlov takliflarini elektron konvertlar ko‘rinishida o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.

Har bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi

Tanlov taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, chizmalar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl shaklida joylashtirishlari mumkin.

            Shu bilan birga, ishtirokchilarning tanlov takliflari elektron tizimdagi shablonlarga muvofiq hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar ilova qilingan hujjatlardagi ma'lumotlarga mos kelishi kerak.

VIII. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: “_21_”_iyun_ 2022 yil. soat 15:42 gacha Toshkent vaqti bilan.

           

                        Tanlov etender.uzex.uz saytida e’lon qilingan.