Tanlovda yuqori tajribaga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida yetkazib beraolidigan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat olib borayotganlar ham taklif etiladi.
I. Xarid komissiyasi ishchi guruhining manzili:
Indeks 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko‘chasi, 17-A uy.
Ma‘lumot uchun telefon raqamlar: Turaxanov O.X., Tel/faks: (+998 71) 238-75-76(78)
Elektron sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz
II. Tanlov mavzusi:
Lot № |
Tanlov mavzusi |
Hajm (tonna) |
1 tonnani xizmati uchun maksimal narxi (so‘m) |
Umumiy narxi (so‘m) |
|
“O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan berilgan sigir sutidan olingan tuzlanmagan sariyog‘ yog‘lig‘i 82,5 % oliy nav GOST 32261:2013, sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti (07.07.2017 yildagi 474- sonli VMQ) sifatini yahshilash ishlarini amalga oshirish. |
156,02 |
8 000 000.0 |
1 248 160 000,0 |
Ishtirokchilarning takliflari lotning butun hajmi 156,02 tonnaga qabul qilinadi.
III. Tanlovda ishtirok etishi man etiladigan korxonalar va firmalar:
IV. Yetkazib berish shartlari:
Yetkazib beruvchi tomonidan buyutrmachining omborhonasiga yetkazib beriladi. Omborhonalar manzili:
Yuk oluvchi : 156,02 tonna - 140502, Juma sh., Tinchlik ko‘chasi 54, Juma temir yo’l stantsiyasi, stantsiya kodi 728106, oluvchining kodi 6242.
V. Yetkazib berish muddati, shartnoma imzolanishdan va oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 60 kun davomida.
VI. Ishtirokchilar ikkita komplekt tashqi konvertlar taqdim qilishi lozim, bitta asl nusxa va bitta nusxa. Xar bir hujjatlar koplekti ichida ikkita ichki (texnik va narx taklifi) va kvalifikasiya hujjatlari bo‘lishi lozim. Tashqi va ichki hujjatlar yelimlab ulangan joylarida ishtirokchining muxri bilan muxirlanishi kerak. Tashqi konvertda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim: Tanlov ishtirokchisining nomi va manzili. Agarda konvert muxirlanmagan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, Tanlovning ishchi guruhi yoqolgan va muddatdan avval ochilgan vaziyatlarda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
VII. Tanlov takliflarini taqdim qilishning oxirgi muddati: 2021-yil 16-dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.