Eng yaxshi takliflarni tanlash asosida mahsulot sotib olish
Eng yaxshi takliflarni tanlashda yuqori tajribaga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida yetkazib bera oladigan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.
I. Xaridorning manzili:
Indeks 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko‘chasi 17A uy.
Ma’lumot uchun telefon raqamlar: Xankeldiyev S., Tel/faks: (+998 71) 238-75-76 (78)
Elektron sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz
II. Tanlov mavzusi:
Lot № |
Tanlov mavzusi |
O`lcho`v birligi |
Miqdori |
Maksimal sotib olish narxi 1 tonna uchun* |
1 |
Birinchi navli grechka yormasi GOST 5550 |
tonn |
100,0 |
12 686 400,0 so`m QQS bilan. Qabul qiluvchining omborigacha. |
Yetkazib berish shartlari-Buyurtmamachining omboriga:
1. "Magnit" DM: 110302, Toshkent viloyati, Oxongaron. sh., Sanoat hududi, temir yo'l stantsiyalari, stantsiya kodi 723009;
Ishtirokchilarning takliflari har-bir mahsulot turining butun hajmi uchun qabul qilinadi.
Takliflarni ta'minlash uchun ishtirokchi O'zdavzaxiraning hisob raqamiga zaklat tarzida xarid qilish hujjatlariga muvofiq xarid predmetining boshlang'ich narxi jami summasining 1% (12 686 400,0 сум) miqdorida hisob raqamiga to'lanadi.
АТИБ “Ипотека банк” Тошкент ш., Мехнат бўлими, ҳ/р 20203000400101000001,
МФО 00423, СТИР 201059473, ОКЭД 84111
Toʼlov shartlari: Shartnoma imzolangandan soʼng “SOTUVChI” 5 (besh) ish kun ichida “XАRIDOR” hisob raqamiga shartnomaning umumiy qiymatining 7,5% foiz miqdorini shartnomani bajarish garovi (Performance Bond) sifatida toʼlovni amalga oshirishi shart.
Garov puli tushgandan soʼng 15% (oʼn besh) oldindan toʼlov amalga oshiriladi, qolgan 85% (sakson besh) toʼlov esa haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hajmi boʼyicha amalga oshiriladi.
Mahsulotni yetkazib berish sanasi, Buyurtmachining omborida qabul qilish dalolatnomasining rasmiylashtirilgan sanasi hisoblanadi.
Mahsulotni yetkazib berish uchun transport va boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi tomonidan toʼlanadi.
Yetkazib beriladigan mahsulot 2023 yilda yangi ishlab chiqarilgan hamda buyurtmachining omboriga kelib tushgan kuni ishlab chiqarish muddati birinchi navli grechka yormasi 3 oydan oshmagan boʼlishi lozim;
Mahsulot etkazib berilganda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikati taqdim etilishi shart.
Etkazib beriladigan tovarlar sifat ko'rsatkichlarining normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan laboratoriya tahlillari o'tkaziladi.
Ishtirokchilar tanlashda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- zaklat mablag'larini to'liq miqdorda o'tkazib berganligi to'g'risidagi to'lov topshirqnoma nusxasi;
- tashkilotning Davlat roʼyxatidan oʼtganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma;
- soliqlar va yigʼimlarni toʼlash boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorlikning mavjud emasligi toʼgʼrisida DSIning maʼlumotnomasi;
- oʼziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi toʼgʼrisida maʼlumot;
- korxonaning oxirgi yillik balansi;
- tanlash boʼyicha tijorat taklifi (taklif etilgan mahsulot nomi, hajmi, narxi va yetkazib berish muddatlari koʼrsatilgan boʼlishi kerak).
Tijorat takliflari komissiya yigʼilishida korxonalar ishtirokida koʼrib chiqiladi.
Tanlov takliflarini taqdim qilishning oxirgi muddati: 20 noyabr 2023 yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.