TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 259-sonli Qaroriga asosan, “KRYSTAL WATER” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga qarashli “Magnit” davlat muassasasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan tashabbus qilingan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflar 2024-yil 5-avgust kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 24:00 gacha topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender hujjatlari (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
Elektron pochta manzili: info@udz.uz
Telefon raqami: (+998) 71 238 75 93
Manzil: 100084, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xalqobod koʻchasi, 17a uy.
1.Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;