Sotib olish | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

Sotib olish haqida ma'lumot

05.11.2024 92

Qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarishni tashkil etish

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-537-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 259-sonli Qaroriga asosan, “KRYSTAL WATER” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga qarashli “Magnit” davlat muassasasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan tashabbus qilingan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflar 2024-yil 15-dekabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 24:00 gacha topshirilishi kerak.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1.Qiziqish bildirish shakli

2.Loyiha konsepsiyasi

3.Loyiha to‘g‘risida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender hujjatlari (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

Elektron pochta manzili: info@udz.uz

Telefon raqami: (+998) 71 238 75 42

100084, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xalqobod koʻchasi, 17a uy.