Sotib olish | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

Sotib olish haqida ma'lumot

06.05.2021 1341

Tanlov asosida 1 navli grechka yormasini sotib olish

Tanlovda yuqori tajribaga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida yetkazib bera oladigan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy va chet el korxonalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat olib boruvchilar ham taklif etiladi.

I.Xarid komissiyasi ishchi guruhining manzili:

Indeks 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko‘chasi 17A uy.

Ma’lumot uchun telefon raqamlar: Turaxanov O.X., Tel/faks: (+998 71) 238-75-76(78)

Elektron sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz

II.Tanlov mavzusi:

Lot  №

Tanlov mavzusi

Olchov birligi

Miqdori

Eng yuqori sotib olish narxi

1 tonnasi uchun *

 

So‘m

1

1 navli grechka yormasi

tonna

100,0

12 250 000,0

* - Chet davlat ishtirokchilariga 1 tonnasi uchun maksimal sotib olish narxi, takliflarni ochish kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan valyutalar kursi (AQSH dollari, Yevro) asosida hisob-kitob qilinadi.

 Ishtirokchilarning takliflari lotning butun hajmi 100,0 tonnaga qabul qilinadi.

III.Tanlovda ishtirok etishi man etiladigan korxonalar va firmalar:

a) qayta tashkil etish, tugatish va bankrotlik jarayonidagi;

b) tanlov taklifini o‘z vaqtida taqdim etmagan;

c) buyurtmachi bilan oldingi tuzilgan shartnomalarni munosib tarzda bajarmagan;

d) tanlov e’lon qilingan vaqtga qadar tashkil etilganiga 6 oydan kam bo‘lgan;

v) buyurtmachi bilan sudlashuv yoki hakamlik ishini ko‘rish holatida bo‘lgan;

g) imtiyozli soliq tizimini taqdim qiluvchi va/yoki moliyaviy operatsiyalar o‘tkazilganda ma’lumotni fosh etilishi va taqdim qilinishi ko‘zda tutilmagan davlatlarda va/yoki xududlarda ro‘yxatdan o‘tgan (offshor xudud);

d) vakolatli organ tomonidan shakllantiriluvchi insofsiz bajaruvchilarning yagona reestriga kiritilgan;

e) xususiy yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish quvvatini, ombor maydonlari, ma’muriy binolar, ofis (kadastr va/yoki ijara shartnoma va/yoki boshqa xujjatlar) (mahalliy ishtirokchilar uchun), mavjud bo‘lmasa;

f) soliq va boshqa majburiy to‘lo‘vlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa (mahalliy etkazib beruvchilar);

g) ishtirokchilarning ta’sischilari bir yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lsa.

IV. Yetkazib berish shartlari:

Mahalliy ishtirokchilar - yetkazib beruvchi tomonidan buyutrmachining omborhonasiga yetkazib beriladi. Omborhona manzili:

110302, Toshkent viloyati, Oxangoron sh., Promzona;

Chet davlat ishtirokchilari uchun yetkazib berish shartlari: INCOTERMS-2010 asosida, CIP shartlari bo‘yicha alohida partiyalarda, temir yo‘l yoki avtotransport vositalarida yetkazib beruvchi tomonidan buyutrmachining omborhonalariga yetkazib beriladi.

110302, Oxangoron sh., Promzona, Oxangoron temir yo‘l stantsiyasi, stantsiya ko‘di 723009, qabul qiluvchining kodi 1074 (O‘zbekiston Respublikasi)

V. Yetkazib berish muddati, chet davlat ishtirokchilari uchun buyurtmachi tomonidan yetkazib beruvchi foydasiga akkreditiv ochilgandan song 60 kun davomida, mahalliy yetkazib beruvchilarga shartnoma imzolanishdan va oldindan tolov amalga oshirilgandan song 60 kun davomida.

VI. Ishtirokchi bitta komplekt tashqi konvert taqdim qilishi lozim – аsl nusxada (original). Koplekt ichida ikkita ichki texnik va narx taklifi bo‘lishi lozim. Konvertlarning yelimlab ulangan joylarida ishtirokchining muxri bilan muxrlanishi kerak. Tashqi konvertda quyidagi ma‘lumotlar aks ettirilishi lozim: tanlov ishtirokchisining nomi va manzili. Agarda konvert muxrlanmagan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, yoqolgan va muddatidan avval ochilgan vaziyatlarda tanlov ishchi guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

VII. Tanlov takliflarini taqdim qilishning oxirgi muddati: 2021 yil 19 may, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.

1.Konkurs hujjatlari