Sotib olish | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqaBo'sh ish o'rinlar

Sotib olish haqida ma'lumot

14.03.2024 2830

Tanlov asosida mahsulot sotib olish

Tanlov asosida mahsulot sotib olish

Tenderda yuqori tajribaga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida yetkazib bera oladigan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy va chet el korxonalari ishtirok etishlari mumkin. Tenderga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat olib boruvchilar ham taklif etiladi.

            I. Xaridorning manzili:

Indeks 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko‘chasi 17A uy.

Ma’lumot uchun telefon raqamlar: Xankeldiyev S.D, Tel/faks: (+998 71) 238-75-76 (78)

Elektron sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz

            II. Tanlov mavzusi:

            Mahsulotlarni etkazib berish bo'yicha takliflar lotning butun hajmiga 1 000,0 tonna miqdorida taqdim etiladi. Tanlov ishtirokchisi bitta, bir nechta yoki barcha lotlar bo'yicha takliflar berish huquqiga ega.

Lot  №

Tender mavzusi

Boshlang`ich narx 12% QQS bilan 1 tonna uchun (so`m)

Miqdori

Umumiy narx 12%

QQS bilan*

 

So‘m

1

Super, prima, ekstra, otlichnaya  toifali muzlatilgan mol go‘shti, yarim tanali va chorak tanalarda, GOST 34120-2017.

62 000 000,0

1 000,0

62 000 000 000,0

2

Super, prima, ekstra, otlichnaya  toifali muzlatilgan mol go‘shti, yarim tanali va chorak tanalarda, GOST 34120-2017.

62 000 000,0

1 000,0

62 000 000 000,0

3

Super, prima, ekstra, otlichnaya  toifali muzlatilgan mol go‘shti, yarim tanali va chorak tanalarda, GOST 34120-2017.

62 000 000,0

1 000,0

62 000 000 000,0

Etkazib berish shartlari - buyurtmachining omboriga:

1. "Ilg'or" DK: 140502, Samarqand viloyat, Juma shahri, Tinchlik ko'chasi 54, Juma temir yo'l stantsiyasi, stantsiya kodi 728106;

2. "Madad" DM: 150201, Farg'ona viloyat, Bog'dod tumani, Do'stlik ko'chasi, 4, Furqat temir yo'l stantsiyasi, stantsiya kodi 742300;

3. "Janubiy" DM: 180100, Qashqadaryo viloyat, Qarshi shahri, Nasaf ko'chasi, 4, Qarshi temir yo'l stantsiyasi, stantsiya kodi 733104;

4. "G`arbiy" DM: 230121, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, Nasaf ko'chasi, Xo`jeyli guzari 14a, Nukus temir yo'l stantsiyasi, stantsiya kodi 739007;

Takliflarni AQSH Dollarida yoki Evroda yoki Rossiya rublida taqdim etislganda, ularni baxolash maqsadida, ushbu valyuta takliflar ochilgan kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo`yicha o`zbek so`midagi milliy valyutaga aylantiriladi.

Xorijiy ishtirokchilar uchun maksimal sotib olish narxi 1 tonna uchun takliflarni ochish kunidagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o'rnatilgan valyutalar kursi (AQSh doll, evro, Rossiya rubli) asosida hisob-kitob qilinadi.

Mahalliy etkazib beruvchilar tomonidan etkazib beriladigan “Tovarlar”ning umumiy narxi barcha xarajatlar, soliqlar, yig'imlar va boshqa xarajatlarni o'z ichiga olgan holda, yuk qabul qiluvchining omborigacha joylashtirilishi kerak.

Xorijiy etkazib beruvchilar uchun tovarlar narxi INSONTERMS - 2020 ga muvofiq CIP – Samarkand, Farg`ona, Qarshi va Nukus shartlari bo'yicha 1 tonna uchun AQSh dollari, evro yoki Rossiya rublida belgilanadi, shu jumladan tovarlarning narxi, yukni jo'natish va tushirishdan oldin tekshirish, sug'urta, qadoqlash va tamg'alash, joylashtirish va tovarlarni tashish narxi, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida barcha bojxona va boshqa soliq va yig'imlarni to'lash.

Xorijiy ishtirokchilarning narx takliflarini baholashda O'zbekiston Respublikasi hududida yuzaga keladigan barcha xarajatlar (bojxona xarajatlari, mahsulotlarni sertifikatlashtirish xarajatlari, QQS va boshqalar) taklif qilingan narxga qo'shiladi.

Mahsulotni etkazib berish sanasi, buyurtmachining omborida qabul qilish dalolatnomasining rasmiylashtirilgan sanasi hisoblanadi.

Takliflarni ta'minlash uchun ishtirokchi tomonidan O'zdavzaxiraning hisob raqamiga zakalat tarzida xarid predmetining boshlang'ich narxi jami summasining bir foizi (har bir lot uchun
620 000 000,0 so'm) miqdorida pul mablag'i to'lanadi. Xorijiy ishtirokchilar uchun garov miqdori to'lov kunidagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o'rnatilgan valyutalar kursi (AQSh doll, evro, Rossiya rubli) asosida amalga oshiriladi.

Valyuta hisob raqami (AQSh dollari): 20203840300101000001;

Valyuta hisob raqami (evro): 20203978100101000001;

Hisob raqami: 20203000400101000001;

"Ipoteka bank" ATIB Toshkent shahar mehnat filiali,

MFO 00423, OKED 84111, STIR 201059473, SWIFT: UZHOUZ22XXX

Yuboruvchi hisobidan bank komissiyasi.

Shartnoma/kontrakt imzolangandan so'ng "sotuvchi" 5 (besh) ish kuni ichida "xaridor" hisob raqamiga shartnomaning umumiy qiymatining 5 foizi miqdorida shartnomani/ kontraktni bajarish garovi (Performance Bond) sifatida to'lovni amalga oshirishi shart.

Mahalliy etkazib beruvchilar uchun to'lov shartlari - garov puli tushgandan so'ng 15% (o'n besh) oldindan to'lov amalga oshiriladi, qolgan 85% (sakson besh) to'lov esa haqiqatda etkazib berilgan mahsulot hajmi bo'yicha amalga oshiriladi.

Xorijiy etkazib beruvchilar uchun to'lov shartlari - AQSh dollari, Evroda yoki Rossiya rublida, buyurtmachi banki tomonidan etkazib beruvchining foydasiga shartnomaning to'liq miqdori uchun ochilgan, qaytarilmaydigan, tasdiqlanmagan, bo'linadigan hujjatli akkreditivdan, akkreditiv ochilgan kundan boshlab 90 (to’qson) kun muddatda.

Mahsulotni etkazib berish sanasi, buyurtmachining omborida qabul qilish dalolatnomasining rasmiylashtirilgan sanasi hisoblanadi.

Mahsulotni etkazib berish uchun transport va boshqa xarajatlar etkazib beruvchi tomonidan to'lanadi.

Etkazib beriladigan mahsulot 2024 yilda yangi ishlab chiqarilgan hamda buyurtmachining omboriga kelib tushgan kuni ishlab chiqarish muddati "muzlatilgan mol go'shti (yarim tana va chorak tanalarda)" mahsuloti 2 oydan oshmagan bo'lishi lozim.

Mahsulotlar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya me'yorlari, qoidalari va normativlariga rioya qilingan holda texnologik yo'riqnomalarga va me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak.

Mahsulot etkazib berilganda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikati taqdim etilishi shart.

Etkazib beriladigan tovarlar sifat ko'rsatkichlarining normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan laboratoriya tahlillari o'tkaziladi.

Ishtirokchilar tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

- zakalat mablag'i to'liq miqdorda o'tkazib berganligi to'g'risidagi to'lov topshirqnomasining nusxasi (Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar);

- tashkilotning Davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma (Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar);

- soliqlar va yig'imlarni to'lash bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlikning mavjud emasligi to'g'risida DSIning ma'lumotnomasi (Mahalliy ishtirokchilar);

- o'ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi to'g'risida ma'lumot (Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar);

- korxonaning oxirgi yillik balansi (Mahalliy ishtirokchilar);

- Xizmat ko`rsatuvchi bankdan tashkilotning moliyaviy holati to`g`risida ma`lumot (Xorijiy ishtirokchilar)

- tanlash bo'yicha tijorat taklifi (taklif etilgan mahsulot nomi, hajmi, narxi va etkazib berish muddatlari ko'rsatilgan bo'lishi kerak), (Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar).

Tijorat takliflari komissiya yig'ilishida tanlovda ishtirok etgan korxonalarning vakillari ishtirokida ko'rib chiqiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizni, Davlat extiyojlari uchun yuqoridagi mahsulotni etkazib berish bo'yicha o'tkaziladigan tanlashda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tanlov takliflarini taqdim qilishning oxirgi muddati: 8 aprel 2024 yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.

1. Xarid qilish hujjatlari

2. Tender hujjatlari-1

3. Tender hujjatlari-2

4. Tender hujjatlari-3