Sotib olish | O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo'mitasi
×
AsosiyQo'mita haqidaTender va konkurslarQonunchilik bazasiDavlat ramzlariSayt xaritasiYangiliklarKorrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiAloqa

Sotib olish haqida ma'lumot

06.03.2024 430

Yopiq tanlov asosida eng yaxshi takliflarni tanlash bo'yicha sigir sutidan olingan sariyog’ mahsulotini sotib olish

Eng yaxshi takliflarni tanlash asosida mahsulot sotib olish

Eng yaxshi takliflarni tanlashda yuqori tajribaga ega bo‘lgan, o‘z vaqtida yetkazib bera oladigan va belgilangan miqdorda mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

            I. Xaridorning manzili:

Indeks 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Xalqobod ko‘chasi 17A uy.

Ma’lumot uchun telefon raqamlar: Xankeldiyev S., Tel/faks: (+998 71) 238-75-76 (78)

Elektron sayt: www.udz.uz, Elektron manzil: 1upr@udz.uz

            II. Tanlov mavzusi:

Lot  №

Tanlov mavzusi

Olchov birligi

Miqdori

Maksimal sotib olish narxi

1 tonna uchun*

1

Sigir sutidan olingan tuzlanmagan sariyog’ yog’liligi 82,5% GOST 32261:2013, sut va sut maxsulotlarining xavfsizligi tu`g`risidagi umumiy texnik reglamenti tasdiqlash xaqida

(07.07.2017 dagi №474 sonli) 20-25 kg. gofra karobkasida.

tonn

200,0

65 000 000,0 so`m

QQS bilan. Qabul qiluvchining omborigacha.

Yetkazib berish shartlari-Buyurtmamachining omboriga:

1. "Ilg`or" DK, Samarqand, Pasdorg`om tum. Juma sh. Tinchlik ko'chasi, 54-uy, Juma stantsiyasi, stantsiya kodi 728106;

Ishtirokchilarning takliflari har-bir mahsulot turining butun hajmi uchun qabul qilinadi.

Takliflarni ta'minlash uchun ishtirokchi O'zdavzaxiraning hisob raqamiga zaklat tarzida xarid qilish hujjatlariga muvofiq xarid predmetining boshlang'ich narxi jami summasining 1% (130 000 000,0 сум) miqdorida hisob raqamiga to'lanadi.

АТИБ “Ипотека банк” Тошкент ш., Мехнат бўлими, ҳ/р 20203000400101000001,

МФО  00423, СТИР  201059473, ОКЭД  84111

Ishtirokchilarning takliflari lotning butun hajmi 200,0 tn ga qabul qilinadi.

Toʼlov shartlari: Shartnoma imzolangandan soʼng “SOTUVChI” 5 (besh) ish kun ichida “XАRIDOR” hisob raqamiga shartnomaning umumiy qiymatining 3,75% foiz miqdorini shartnomani bajarish garovi (Performance Bond) sifatida toʼlovni amalga oshirishi shart.

Garov puli tushgandan soʼng 15% (oʼn besh) oldindan toʼlov amalga oshiriladi, qolgan 85% (sakson besh) toʼlov esa haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hajmi boʼyicha amalga oshiriladi.

Mahsulotni yetkazib berish sanasi, Buyurtmachining omborida qabul qilish dalolatnomasining rasmiylashtirilgan sanasi hisoblanadi.

Mahsulotni yetkazib berish uchun transport va boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi tomonidan toʼlanadi.

Yetkazib beriladigan mahsulot 2024 yilda yangi ishlab chiqarilgan hamda buyurtmachining omboriga kelib tushgan kuni ishlab chiqarish muddati Sigir sutidan olingan tuzlanmagan sariyogʼ yogʼliligi 82,5%dan kam boʼlmagan oliy navli sariyogʼ 1 oydan oshmagan boʼlishi lozim;

Mahsulotlar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya meʼyorlari, qoidalari va normativlariga rioya qilingan holda texnologik yoʼriqnomalarga va meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi va qadoqlanishi kerak.

Mahsulot yetkazib berilganda veterenariya hulosasi, sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikati taqdim etilishi shart.

Yetkazib beriladigan tovarlar sifat koʼrsatkichlarining normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan laboratoriya tahlillari oʼtkaziladi.

Ishtirokchilar tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

- tashkilotning Davlat roʼyxatidan oʼtganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma;

- soliqlar va yigʼimlarni toʼlash boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorlikning mavjud emasligi toʼgʼrisida DSIning maʼlumotnomasi;

- oʼziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi toʼgʼrisida maʼlumot;

- korxonaning oxirgi yillik balansi;

- tanlash boʼyicha tijorat taklifi (taklif etilgan mahsulot nomi, hajmi, narxi va yetkazib berish muddatlari koʼrsatilgan boʼlishi kerak).

Tijorat takliflari komissiya yigʼilishida korxonalar ishtirokida koʼrib chiqiladi.

Tanlov takliflarini taqdim qilishning oxirgi muddati: 14 mart 2024 yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.

1. Tender hujjatlari